Progress of science: Innovative approaches to science and strategic analysis "Set 1"

85 Items
null

Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar. Xalqaro ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami – Jizzax: Jizzax Sambhram universiteti NTM,

2024-yil 11-noyabr. 612-bet.

Mamlakatimizda fan, ta’lim-tarbiya va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim shakllari va mazmunini takomillashtirish borasida olib borayotgan islohotlar o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish orqali amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda jahon miqyosida hududlar va hatto mintaqalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan bir-biriga integratsiyalashib borayotganligini kuzatib turibmiz. Hozirgi davr, ya’ni “Axborot asri” har sohada axborot texnologiyalarini keng qo‘llash talabini qo‘yar ekan, mazkur yo‘nalishda chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yosh kadrlarni tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

Ushbu ilmiy ma’ruza tezislari toʻplamida mamlakatimiz va xorijlik turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarining ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari, magistr va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari mujassamlashgan.

All Items

51-75 of 85